» » Yangi darslik muhokamada

Yangi darslik muhokamada

Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida "Boshlangich sinflarda ingliz tilini oqitish mavzusida davra suhbati bolib otdi. Xalq ta'limi vazirligi hamda Ozbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda turli vazirlik va idora vakillari, umumta'lim maktablari rahbarlari va chet tili oqituvchilari ishtirok etdi.

Yangi darslik muhokamada

Anjumanda sozga chiqqanlar Prezidentimizning "Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar xususida alohida toxtalib otdi. 3-sinf oquvchilari uchun nashrga tayyorlanayotgan "Kids English darsligi mualliflari oquv qollanmaning qulaylik va afzalliklari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, davra suhbatida boshlangich sinflarda ingliz tilini oqitishning samarali usullari, pedagoglarning uzluksiz kasbiy malakasini oshirish, oquvchilar bilimlarini baholash mezonini organish masalalari tahlil etildi.
Boshlangich sinf oquvchilarining ingliz tilidagi konikmalarini oshirishda pedagoglarga oquv qollanmalari asosiy yordamchi bolib xizmat qiladi, deydi "Kids English darsliklari muallifi Lutfullo Joraev. Ayni paytda zamonaviy kommunikativ metodikalar asosida yaratilayotgan yangi darslikni tayyorlash boyicha ish olib borayapmiz. Oquv qollanma Respublika ta'lim markazi, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, OzDJTU huzuridagi chet tillarni oqitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tavsiyalari asosida takomillashtirilmoqda.
Ingliz tili oqituvchilariga darslikdan unumli foydalanish, mashgulotlarni yuqori saviyada tashkil etish boyicha mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar ozaro fikr almashib, ozlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Gulyuz ORIFJONOVA,
"Marifat muxbiri
dle 10.2
15-12-2014, 14:57
1068 ko'rildi
  
, . .