Реклама

Savol-javoblar

 

 

Ota-onalar tomonidan beriladigan eng ko`p savollariga javoblar


 1. Qaysi yoshdan boshlab maktabga bersam bo`ladi?


Javob: 7 yoshdan boshlab maktabga bergan ma`qul

 

2. Farzandim xotirasini mustahkamlash uchun nima qilishim kerak?

Javob: Ko`proq she`r yodlash, xotira mashqlarini o`tkazish, til o`rganishga qiziqtirish kerak

 

3. Og`zaki nutqini rivojlantirish uchun nima qilish kerak?

Javob: Ko`proq suhbatlashish,badiiy kitoblarni o`qishga qiziqtirish

 

4. Farzandim ko`proq televizor va kompyuter qarshisida o`tiradi,nima qilsam bo`ladi?

Javob: Bo`sh vaqtlarida sport va fan to`garaklariga qatnashishini ta`minlang

5. Nima uchun farzandim do`stlari bilan emas, yolg`iz bo`lishni istaydi?

Javob: Ko`proq bolalar o`rtasida bo`lishni ta`minlash,harakati va fikrini cheklamaslik kerak

 

6. Farzandimni darslarni o`zlashtirishida qaysi partada o`tirishi muhimmi?

Javob: Darsga qiziqqan o`quvchi uchun bu muhim emas

 

7. Farzandim kasal bo`lgandan so`ng o`qishlari pasayib ketdi.Nima uchun?

Javob: Oradagi bo`shliqni to`ldirish uchun ishlab, ruhiyatiga ijobiy ta`sir o`tkazish kerak

 

8. Farzandimga qo`l telefoni bersam bo`ladimi?

Javob: Agar turar joyingiz maktabdan uzoq bo`lsa, nazorat qila olsangiz, darslarga xalaqit bermasa ishlatish mumkin

 

9. Farzandim chap qo`lda yozadi uni o`ng qo`lda yozishga o`rgatishim shartmi?

Javob: Yo`q shart emas

 

10. Farzandim ertalab o`rnidan turishga qiynaladi.Nima qilay? 

Javob: Kun tartibiga qat`iy rioya qilishga o`rgating

 

11. Farzandimni o`qish tezligini oshirish uchun nima qilishim kerak?

 

Javob: Har kuni 30 minut kitob o`qishini nazorat qilib turing

 

12. Farzandimni xulqi o`zgargan, nima qilay?

Javob: Darsdan tashqari birga o`ynaydigan o`rtoqlarini kuzating

 

13. Bolamning ko`rish qobiliyati past lekin u ko`zoynak taqishni xoxlamaydi, qanday maslahat berasiz?

Javob: Kelajagi, sog`ligi uchun ko`zoynak muhimligini tushuntirish kerak

 

14. Farzandim darslarga faol qatnashishi uchun nima qilishim kerak?

Javob: Yaxshi baho olib kelganda uni rag`batlantiring

 

15. Farzandim ingliz tilidan qanday o`qiydi?

Javob: Birinchi, ikkinchi chorakdagidan ancha o`zgargan


16. Men qanday qilib farzandimga ingliz tili fanidan uy ishlariga yordam berishim mumkin?

Javob: Yangi chiqayotgan darsligimizda ota-onalar burchagi bor. Bunda ota-onalarga mos tarzda mashqlar tushuntirilgan. Shundan foydalaning

 

17. Farzandim necha yilda bemalol ingliz tilida gaplashadigan bo`ladi?

Javob: Bu farzandingizning muntazam fan bilan shug`ullanishiga bog`liq

 

18.Yangi so`zlar yodlatishning qanday oson yo`llari bor? 

Javob: Iloji boricha so`zlarni bir-biri bilan bog`lab o`rgating

 

19. Darslikdan tashqari qanday kitoblarni olib berishim mumkin?

Javob: Yoshiga mors tarzdagi kitoblarni tanlaganingiz ma`qul

 

20. Internetdagi yoki kompyuterdagi inglizcha o`yinlarning zararli tomonlari bormi?

Javob: Har bir narsaning me`yori bor. Agar o`yin aqlni charxlaydigan intelektual o`yin bo`lsa, daqiqasini chegaralab ruxsat berishingiz mumkin

 

21. Aytishlaricha ikki xil ingliz tili bor ekan, Britancha va Amerika tili. Qaysi biri farzandimiz uchun qulay?

Javob: Britancha ingliz tili

 

22. Maktabingizda o`zbek xalq ertaklarining ingliz tilidagi varianti bormi?

Javob: Ha, maktab kutubxonasida ingliz tiliga oid burchak bo`lib, unda fanga oid ko`p kitoblar bor

 

23. Tovushlar bilan bog`liq muammolarni qanday hal qilish mumkin?

Javob: Farzandingizga so`zlashuvga oid CD disklarni qo`yib bering

 

24. Qanday qilib ko`proq she`r, qo`shiq o`rgatish mumkkin?

Javob: Darslikdan tashqari,o`quvchining bo`sh vaqtida ingliz tilidagi multifilm, film va qo`shiqlarni qayta-qayta qo`yib bering va natijada ularning matni yod bo`lib qoladi

 


скачать dle 10.2 КиноСвин
7-05-2015, 16:40
1031 ko'rildi
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.