» » "Eng yaxshi kitobxon oquvchi" tanlovini otkazish nizomi

"Eng yaxshi kitobxon oquvchi" tanlovini otkazish nizomi

"Eng yaxshi kitobxon oquvchi" tanlovini otkazish

 

N I Z O M I

 

I. Tadbirning maqsadi

 

1.1. Oquvchilar ortasida kitobxonlikni targib qilish, talim muassasalaridagi kitobxon oquvchilarni aniqlash, ularni ragbatlantirish va boshqalarga ornak sifatida korsatish.

 

II. Tanlovni tashkil etish tartibi

 

2.1. Tanlov har yili bir marta 5 9 sinf oquvchilari ortasida uch bosqichda otkaziladi.

1 bosqich: 15 fevraldan 20 martga qadar maktab bosqichi;

2 bosqich: 20 aprelga qadar tuman (shahar) bosqichi;

3 bosqich: 20 mayga qadar Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bosqichi.

2.2. Tanlovning 1 bosqichida maktabdagi har bir sinfdan kamida 2 nafardan oquvchi ishtirok etishi lozim.

2.3. Tanlovning maktab bosqichida 1 orinni egallagan oquvchi 2 bosqichda ishtirok etish huquqini, tuman (shahar) bosqichida 1 orinni egallagan oquvchi esa 3 bosqichda ishtirok etish huquqini qolga kiritadi.

2.4. Tanlov bosqichlari mos ravishda maktabda, tuman (shahar) da va hududlarda "Kitobxonlar bayrami" tadbirlarini otkazish boyicha tuzilgan Tashkiliy guruh (qomita)lar tomonidan tashkil etiladi.

2.5. Tanlovning 1 bosqichini tashkil etish va otkazish bilan bogliq tashkiliy ishlar (otkazish vaqti, joyi, tashkiliy guruh, hakamlar hayati tarkibi) maktab direktorining,  2 bosqich tashkiliy ishlari tuman (shahar) XTMFMTTE bolimlarining,  3 bosqich  tashkiliy ishlari  Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

2.6. Tanlovning 1 bosqichi yakuniy natijalari va  2 bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan (maktabda 1 orinni egallagan) oquvchi haqidagi malumotlar hamda hujjatlar (hakamlar hayati yigilishi qarori, golib oquvchi oqigan kitoblartng mualliflari korsatilgan va oquvchining ota onasi (yoki ularning ornini bosuvchi shaxs) imzosi bilan tasdiqlangan royxati) 1 aprelga qadar tuman (shahar) XTMFMTTE bolimlarida tuzilgan Tashkiliy qomitaga taqdim etiladi.

2.7. Tanlovning 2 bosqichi yakuniy natijalari va  3 bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan (tuman (shahar)da 1 orinni egallagan) oquvchi haqidagi malumotlar hamda hujjatlar (hakamlar hayati yigilishi qarori, golib oquvchi oqigan kitoblarning mualliflari korsatilgan va oquvchining ota onasi (yoki ularning ornini bosuvchi shaxs) imzosi bilan tasdiqpangan royxati) 1 mayga qadar Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq talimi boshqarmalari qoshida tuzilgan Tashkiliy qomitalarga taqdim etiladi.

 

III. Tanlovni baholash mezoni va shartlari

 

3.1. Tanlov ishtirokchilari hakamlar hayati tomonidan baholanadi.

3.2. Tanlov ishtirokchilari ozi oqigan kitob va mualliflari nomlari korsatilgan   ota onasi  (yoki   ularning   ornini  bosuvchi   shaxs)   tomonidan tasdiqlangan royxatini hakamlar hayatiga taqdim etadi.

3.3. Tanlov shartlari va baholash mezonlari.

A) Tanishtirish.

Bu shartga 3 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi ozi, talim tarbiya olayotgan maktabi va maktab kutubxonasi haqida malumot beradi. Ushbu shartga   15 ballgacha baho qoyiladi.

B) Ozbek adabiyoti bilimdoni.

Bu shartga 5 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan berilgan biletda korsatilgan ozbek yozuvchisi yoki shoirining hayoti va asarlari haqida malumot beradi. Ushbu shartga 30 ballgacha baho qoyiladi.

S) Kitobxon savodxonligi.

Bu shartga 10 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan kitobxon oqigan asarlar royxatidan saylanma tarzda tanlangan asar haqida malumot beradi. Asarda ilgari surilgan goyaning dolzarbligi, mazmun-mohiyati va oquvchi yoshlarning tarbiyasidagi orni haqida gapirib beradi. Ushbu shartga 40 ballgacha baho qoyiladi.

D) Kitobxonlikni targib qilish.

Bu shartga 5 daqiqa beriladi va shu vaqt davomida ishtirokchi bolalarga kitobning afzalliklarini, kitobxonlikni targib qiluvchi fikrlarini aytadi. Bolalarning qalbida kitobga nisbatan mehr va muhabbat uygotish darajasida kitobxonlikni targib qilishga harakat qiladi. Ushbu shartga 15 ballgacha baho qoyiladi.

 

IV. Goliblarni taqdirlash

 

Tanlov shartlari boyicha yuqori ball toplagan 3 nafar oquvchi (ballariga mos ravishda 1 2 3 orin) golib deb elon qilinadi. Golib oquvchilar va ularning oqituvchilari tashkilotchilarning "Faxriy yorliq"lari hamda homiylarning esdalik sovgalari bilan taqdirlanadi.

Golib oquvchilar va ularning sinf rahbarlari, oqituvchilari taqdirlash marosimidan tashqari ertalabki saflanishda ham maktab jamoasi oldida yana bir bor elon qilinadi.


dle 10.2
15-05-2015, 09:52
1863 ko'rildi
  
, . .