» » Boshlangich talim sifati va samaradorligi yolida

Boshlangich talim sifati va samaradorligi yolida

Boshlangich talim sifati va samaradorligi yolida

 Foto: UzA

Milliy matbuot markazida Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tomonidan boshlangich talim sifatini oshirishning dolzarb vazifalari mavzusida matbuot anjumani otkazildi. 
 
Tadbir ishtirokchilari dastlab poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-maktabda boshlangich talim sifati va samaradorligini oshirish, oqitish jarayoniga ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan tanishdi.
 
Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vaziri U.Inoyatov va boshqalar talim sohasini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu say-harakatlar ogil-qizlarga puxta bilim berish, ularni milliy anana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilayotganini takidladi. 
 
Xalq talimi vazirligi tomonidan oqituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini taminlash, bilim berish jarayoniga ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, amaliyotchi oqituvchilaridan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi. Natijada maxsus reja asosida 1-sinflar uchun "Savodga orgatish darslari, "Ona tili, "Oqish, "Matematika, "Atrofimizdagi olam, "Russkiy yazk, "Kniga dlya chteniya metodik qollanmalari va darsliklarning multimediali ilovalari nashr etilib, maktablarga yetkazildi. 
 
Oquv-tarbiya jarayoniga ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boyicha mamlakatimiz miqyosida 28 tajriba-tadqiqot maydonida 2010-2014-yillarda sinovdan otkazilgan 150 dan ortiq pedagogik texnologiya 4 guruhga turkumlashtirilib, amaliyotga joriy etildi. Bugungi kunda ushbu tajriba-tadqiqot maydonlari "mahorat maktablariga aylantirilib, ularda oquvchilarga mustaqil bilim olish, boshlangich tadqiqotlarni amalga oshirish konikmalarini shakllantirishga yonaltirilgan "Muammoli talim texnologiyasi, "Loyiha-tadqiqot texnologiyasi, "Hamkorlik texnologiyasi kabi talim uslublari sinovdan otkazilmoqda. 
 
Prezidentimiz sovgasi sifatida 1-sinfga qadam qoygan oquvchilarga darslik va oquv qurollari bepul tarqatilmoqda. 2-4-sinf oquvchilari uchun har ikki yilda, 5-9-sinf oquvchilari uchun har tort yilda darsliklar qayta chop etilishi yolga qoyilgan. Bunday tartib darsliklarni ham mazmunan, ham dizayn tomonidan davr talabi asosida takomillashtirib borish imkonini beradi.
 
2005-2006 oquv yilidan boshlab umutalim maktablari oquvchilarini ijara tizimi orqali darsliklar bilan taminlashga toliq otildi. Barcha maktablarning 1-sinf oquvchilari, Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari darslik hamda oquv qollanmalar bilan bepul taminlanmoqda. 
 
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi Chet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq bolalarga 1-sinfdan boshlab chet tilini orgatish keng yolga qoyildi. 
 
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga batafsil javob berildi.
 
www.uza.uz
dle 10.2
13-05-2015, 13:57
862 ko'rildi
  
, . .