Реклама
» » Makatabimizda kitobxonlikni oshirish maqsadida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi

Makatabimizda kitobxonlikni oshirish maqsadida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi

Makatabimizda kitobxonlikni oshirish maqsadida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi

 Yosh avlodning, qolaversa, har bir insonning bilimini oshirish, dunyoqarashini yuksaltirishda kitoblarning o'rni beqiyos. Tafakkurning qanoti bo'lmish kitob insonning fikr doirasini kengaytirishda, uni ma'naviy kamolotga yetkazishda muhim manba sanaladi.

Kitob - oftob. Zaminni, ona tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, nafaqat ilitadi, balki yoritadi, nurlantiradi. Kitobga eng qisqa ta'rif berish joiz bo'lsa, uni "Ma'naviyat quyoshi" deb ta'riflash o'rinlidir. Millat barkamolligi, vatan taraqqiyoti  elning kitobxonlik darajasiga, ya'ni o'qimishligiga bog'liq.

Joriy yilning 2-5 may kunlari maktabimizda "Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari" nomli xayriya tadbiri bo'lib o'tdi. tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - maktab kutubxona fondini badiiy, ilmiy, yuridik va boshqa turdagi kitoblar bilan yanada boyitish va shu orqali o'quvchilarning kitobga bo'lgan mehrini oshishiga erishishdir. Buning uchun maktab jamoasi tomonidan maxsus taklifnomalar tarqatildi.

Makatabimizda kitobxonlikni oshirish maqsadida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi

 Tadbirda ishtirok etgan barcha ota-onalar maktab kutubxonasi fondiga sovg'a qilgan kitoblariga esdalik yozuvlarini tushurdilar va ularga maktab jamoasi tomonidan tashakkurnoma taqdim qilindi.

Makatabimizda kitobxonlikni oshirish maqsadida xayriya tadbiri bo'lib o'tdi

 Tadbir yakuniga ko'ra maktab kutubxonasi turli janrlardagi yuzlab kitoblar bilan boyidi. Maktab jamoasi oldiga qo'ygan endigi maqsad esa ushbu kitoblardan o'quvchilar foydalanishini ta'minlashdir.

скачать dle 10.2 КиноСвин
6-05-2017, 20:55
1940 ko'rildi
  
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.