» » 9-may Xotira va Qadrlash kuni

9-may Xotira va Qadrlash kuni

9-may Xotira va Qadrlash kuni

 Xotira ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini taminlashga qaratilayotgan etibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo manaviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.

Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 5 ming 400 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan xar tomonlama etibor va g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda.

9-may Xotira va Qadrlash kuni

 Maktabimiz jamoasi ham tinchligimizga katta hissa qo'shgan, Jizzax shahar Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi urush faxriysi, 98 yoshni qarshi olgan Yoqubjon bobo Hakimovni bayram bilan tabriklab uyiga tshrif buyurdi. Maktab o'quvchilari tomonidan vatanimiz tinchligi yo'lida jonini ayamagan qahramonlarga atab she'rlar o'qildi.

dle 10.2
9-05-2017, 21:27
274 ko'rildi
  
, . .