» » Ta'lim jarayonida AKTning roli

Ta'lim jarayonida AKTning roli

Ta'lim jarayonida AKTning roli

 Umumtalim maktablari talim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida Biologiya fanidan yaratilgan elektron axborot talim resursining taqdimoti otkazildi.

Multimedia umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazi va Navoiy viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida Sh.Hasanova tomonidan tayyorlangan biologiya fanidan "9-sinf biologiya (sitologiya va genetika asoslari) elektron darsligining taqdimoti 2017 yil 21 aprel kuni Navoiy viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida otkazilgan "Umumtalim maktablari talim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida namoyish etildi.

Ushbu elektron darslik 9-sinf biologiya darslarida foydalanishga moljallangan bolib, undagi mavzular mazmuni audio va video tasvirlar, interaktiv mashqlar bilan berilgan bolib, DTS talablari asosida tayyorlangan. Mavzular boyicha taqdim etilgan materiallar ilmiy asoslanganligi va zamonaviy talablarga mos kelishi takidlandi.

Konferensiya Yalpi majlisi Navoiy shahridagi Yoshlar markazidabolib otdi. KonferensiyadaNavoiy viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar boyicha orinbosari F.Soliyev, Navoiy viloyat xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori F.Roziqulov, Navoiy viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligi N.Ulugberdiyev, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori S.Xujjiyev va boshqa talim muassasalarining professor-oqituvchilari ishtirok etdilar.

Anjumanda umumtalim maktablari talim tizimida malakali kadrlar tayyorlash muammolari, talimda chet tillarni oqitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar, talim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qollashdagi dolzarb muammolar va yechimlar hamda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalar doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlarga bagishlangan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari tahlil qilindi.

Anjumanning maqsadi uzluksiz talim tizimida tadqiqot olib borayotgan mutaxassis-olimlar, mustaqil izlanuvchilar ilmiy-nazariy izlanishlarining amaliy tadbiqlari, chet tillarini oqitish metodikasini takomillashtirish borasidagi tajribali maktab oqituvchilarining taklif va tavsiyalarini umumlashtirish, umumtalim fanlarini oqitishda innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, internet global tarmogidan foydalanish madaniyatini keng muhokama qilish va uzluksiz talim tizimi boginlarida uzviylikni takomillashtirishdan iborat boldi.

Anjuman davomida talim sohasida faoliyat korsatayotgan barcha mutaxassis-pedagoglar oldiga kechiktirib bolmaydigan vazifalarni qoyilishi mamlakatimiz talim tizimini rivojlangan davlatlar talim tizimi darajasiga tenglashtirish borasida olib borilayotgan pedagogik faoliyatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish sifat va samaradorligi ustida ishlashimizni hamda bu sohada bilim, konikma va malakalarimizni uzluksiz takomillashtirib borishimiz boyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Anjuman ishtirokchilari tomonidan oqituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini taminlash, talim-tarbiya berish jarayoniga ilgor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni yolga qoyish maqsadida taklif etilgan ilmiy-metodik ishlarning uslubiy qollanmalari va multimediali ishlanmalari tayyorlanib, talim muassasalariga yetkazib berilishi va ommalashtirilishi kelishib olindi.

Xalq ta'limi vazirligi 
Axborot Xizmati

dle 10.2
5-05-2017, 21:44
809 ko'rildi
  
, . .