» » Maktabimizda "Eng yaxshi kitobxon o`quvchi tanlovi o`tkazildi

Maktabimizda "Eng yaxshi kitobxon o`quvchi tanlovi o`tkazildi


 

2015 yil 16 fevral kuni o`quvchilar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida sinflararo  Eng yaxshi kitobxon o`quvchi  tanlovi o`tkazildi. Tanlov Nizom asosida tashkiliy qo`mita tomonidan quyidagi shartlar asosida tashkil etildi.  

1. Tanishtirish.

2. Ozbek adabiyoti bilimdoni.

3. Kitobxon savodxonligi.

4. Kitobxonlikni targib qilish.

1. Bu shartga 3 daqiqa ichida  ishtirokchi ozi, talim tarbiya olayotgan maktabi va maktab kutubxonasi haqida malumot berib otdi. Ushbu shartga 15 ballgacha baho qoyildi.

2. Bu shartga 5 daqiqa davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan berilgan biletda korsatilgan ozbek yozuvchisi yoki shoirining hayoti va asarlari haqida malumot berish lozim boldi. Ushbu shart 30 ballgacha baholandi.

3. Bu shartga 10 daqiqa davomida ishtirokchi hakamlar tomonidan kitobxon oqigan asarlar royxatidan saylanma tarzda tanlangan asar haqida malumot berishi lozim boldi. Asarda ilgari surilgan goyaning dolzarbligi, mazmun mohiyati va oquvchi yoshlarning tarbiyasidagi orni haqida gapirib beradi. Ushbu shart 40 ballik tizimda baholandi.

4. Bu shartga 5 daqiqa davomida ishtirokchi bolalarga kitobning afzalliklarini, kitobxonlikni targib qiluvchi fikrlarini aytadi. Bolalarning qalbida kitobga nisbatan mehr va muhabbat uygotish darajasida kitobxonlikni targib qilishga harakat qilgan ishtirokchi 15 ballgacha baholandi.

 

 

Maktab kutubxona mudiri:         N.Ochilova 

dle 10.2
17-02-2015, 10:02
1819 ko'rildi
  
, . .