» » Tort yillik tajriba va yangi takliflar

Tort yillik tajriba va yangi takliflar

Bilimlar bellashuvini tashkil etish tartibi, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarining reytingini aniqlash mexanizmi hamda baholash ko'rsatkichlari takomillashtirilishiga asos bo'layapti. 

Tort yillik tajriba va yangi takliflar 

 

Umumta'lim fanlari boyicha an'anaviy o'tkazib kelinayotgan bilimlar bellashuvi maktab oquvchilari ortasida yildan-yilga ommalashib, keng jamoatchilikda katta qiziqish uygotmoqda. Ishtirokchilar qamrovi kengayib borayotgani, xususan, otgan o'quv yilida bellashuvning hududiy bosqichlarida 2 milliondan ortiq oquvchi ishtirok etgani buning yorqin isbotidir. 
Oquvchilarning bilim olishga ishtiyoqini kuchaytirish, qobiliyat va iqtidorini erta aniqlab, layoqatlariga mos kasb-hunarga yonaltirish, ta'lim muassasalari ortasida soglom raqobat muhitida ozaro tajriba almashuvini yolga qoyish kabi maqsadlarni mujassam etgan bellashuvni otkazish tartibi yangi tajribalar asosida yil sayin takomillashmoqda. Otgan yillarda toplangan tajriba hamda keng pedagogik jamoatchilikning takliflaridan kelib chiqqan holda bilimlar bellashuvini tashkil etish tartibi, hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarining reytingini aniqlash mexanizmi, baholash ko'rsatkichlari va metodikasiga muayyan ozgartirishlar kiritildi. 
Jumladan, ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktab oquvchilari uchun rus tili fani kiritilishi hisobiga bu yildan boshlab sinovlar otkaziladigan fanlar soni 17 ta etib belgilandi. 
Bellashuvlar dars jarayoni va o'quv rejadagi dars soatlarini o'tilishiga xalaqit bermasligi hamda o'quvchilarning bosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sinovlarning barcha bosqichlari ta'til vaqtida quyidagi muddatlarda o'tkaziladi: 
Birinchi (maktab) bosqich qishki ta'til payti yanvar oyining birinchi on kunligida; 
Ikkinchi (tuman, shahar) bosqich bahorgi ta'tilda mart oyining oxirgi on kunligida; 
Uchinchi (Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqich yozgi ta'til avvali may oyining uchinchi on kunligida; 
Tortinchi (respublika) bosqich iyun-iyul oylarida, Intellektual rivojlantirish oromgohi dam oluvchilarining navbat almashish muddatiga mos ravishda tashkil etiladi. 
Bu yildan e'tiboran o'quv dasturiga ajratilgan dars soatlarining miqdorini inobatga olgan holda bilimlar bellashuvini umumiy o'rta ta'lim va ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun alohida-alohida tashkil etish belgilandi. Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarida otkazilgan bellashuvning birinchi bosqichida golib bo'lgan oquvchilar muassasaning qaysi xalq ta'limi boshqaruvi organiga bo'ysunishidan qat'i nazar, ikkinchi bosqichdan boshlab umumiy tartibda ishtirok etadi. Bunda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun alohida, umumta'lim muassasalari uchun alohida bellashuv tashkil etiladi. 
Barcha bosqichlarning ochilish marosimini kotarinki ruhda tashkil etib, mahalliy hokimlik vakillari, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan fidoyi insonlar, faxriylarni taklif qilish tadbirlar saviyasini yanada oshirish, ishtirokchilar ortasida o'zaro hurmat, soglom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Ta'lim sifati parametrlarini belgilash tartibiga ham muayyan yangiliklar kiritildi. 2014-2015 oquv yilidan boshlab, ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralarining ta'lim sifati korsatkichlari boyicha reytingi ta'lim sifatini oshirishga bevosita va bilvosita ta'sir etuvchi omillar asosida kop ballik tizim orqali aniqlanishi rejalashtirilgan bolib, quyidagi baholash parametrlari boyicha erishilgan yutuqlar asos qilib olinadi: 
umumta'lim muassasalari oquvchilarining umumta'lim fanlari boyicha bilimlar bellashuvidagi ishtiroki va natijalari; 
ta'lim sifati monitoringi natijalari (Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmalarining reytingini aniqlash jarayonida inobatga olinadi);
fan olimpiadasining viloyat bosqichi natijalari (tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmalarining reytingini aniqlash jarayonida inobatga olinadi); 
"Ingliz tili bilimdonlari ko'rik-tanlovi natijalari; "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovi natijalari; 
"Yilning eng yaxshi maktab direktori korik-tanlovi natijalari; 
ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish rejasining bajarilishi (tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmalarining reytingini aniqlash jarayonida inobatga olinadi); 
"Eng yaxshi maktab veb-sayti korik-tanlovi natijalari; 
"Eng yaxshi o'qituvchi veb-sayti korik-tanlovi natijalari; 
"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi korik-tanlovi natijalari; 
"Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha eng faol orinbosari korik-tanlovi natijalari; ilgor ish tajribalarining respublika miqyosida ommalashtirilishi; 
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga samarali joriy etilgani (Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmalarining reytingini aniqlash jarayonida inobatga olinadi); 
"Eng obod ta'lim muassasasi korik-tanlovi natijalari; 
"Yilning eng yaxshi ma'naviyat targibotchisi korik-tanlovi natijalari. 
Ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralarining reytingi ta'lim sifati korsatkichlari asosida quyidagi mezonlar orqali aniqlanadi: 
1. Ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari ta'lim sifati korsatkichi boyicha dastlabki reyting balni oquvchilarning umumta'lim fanlari boyicha bilimlar bellashuvida (ta'lim muassasalari jamoasi dastlabki balni bellashuvning tuman, tuman(shahar) jamoasi viloyat hamda Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar jamoalari respublika bosqichida) qolga kiritadilar. Bilimlar bellashuvining respublika bosqichida oquvchilari faol ishtirok etgan ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralarini ragbatlantirish maqsadida ularga oquvchilari 1-orinni egallagani uchun hududdan ishtirok etgan vakillari toplagan umumiy ortacha balning 50 foizi, 2-orinni egallasa, 40 foizi, 3-orinni egallasa, 30 foizi miqdorida ragbat ballari qoshiladi va bunday ballar har bir golib oquvchiga alohida belgilanadi. Bellashuvning respublika bosqichida 70 dan yuqori ball toplagan har bir oquvchi uchun 20 foiz, viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-orinlardan birini egallab, 70 dan yuqori ball olgan har bir oquvchi uchun umumiy ortacha balga nisbatan 10 foiz ragbat bali qollaniladi. 

2. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yakuniy reyting balini aniqlash uchun har bir hududda otkazilgan ta'lim sifati monitoringi natijasi umumiy ortacha balga qoshiladi. 
3. Fan olimpiadasining viloyat bosqichi natijalariga kora, tuman(shahar) xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bolimlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmalarining umumiy ortacha baliga fan olimpiadasining ortacha bali ham qoshiladi. 
4. "Ingliz tili bilimdonlari korik-tanlovining respublika bosqichidagi 1-orin uchun 20 ball, 2-orin uchun 18 ball, 3-o'rin uchun 15 ball, "Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi, "Yilning eng yaxshi maktab direktori korik-tanlovlarining respublika bosqichidagi 1-orin uchun 10 ball, 2-orin uchun 8 ball, 3-orin uchun 5 ball, ushbu tanlovlarning viloyat bosqichidagi 1-orin uchun 4 ball, 2-orin uchun 3 ball, 3-orin uchun 2 ball qoshiladi. 
5. Vakillari "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi, "Maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha eng faol orinbosari, "Yilning eng yaxshi ma'naviyat targibotchisi korik-tanlovlari respublika bosqichida 1-orinni egallagani uchun 10 ball, 2-orin uchun 8 ball, 3-orin uchun 5 ball hamda tanlovlarning viloyat bosqichida 1-orin uchun 4 ball, 2-orin uchun 3 ball, 3-orin uchun 2 ball bilan ragbatlantiriladi. 
6. "Eng yaxshi maktab veb-sayti, "Eng yaxshi oqituvchi veb-sayti korik-tanlovlarining respublika bosqichida 1-orinni egallagani uchun 10 ball, 2-orin uchun 8 ball, 3-orin uchun 5 ball qoshiladi. 
7. Har bir ta'lim muassasasi va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralariga oquv yilida respublika miqyosida ilgor ish tajribalari ommalashtirilgan har bir oqituvchisi uchun 10 ball qoshiladi (ish tajribalar Respublika ta'lim markazining ilmiy kengashida tasdiqlangan bolishi shart). 
8. Xalq ta'limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan ta'lim sifati monitoringi jarayonida faoliyati organilgan ta'lim muassasalari va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralarining "Dars muqaddas, "Organ-orgat, "Soglom muhit soglom jamoa, "Puxta ishlangan reja samarali natija kabi pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga samarali joriy etganlik darajasiga qarab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yakuniy reyting baliga har bir innovatsiya uchun 5 balgacha (jami 20 balgacha) qoshiladi. 
Yuqoridagi barcha ta'lim sifati ko'rsatkichlari boyicha to'plangan ballar jamlanmasi hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarining reytingini belgilaydi. 

Ma'rufjon VAHOBOV, 
Xalq ta'limi vazirligi bolim boshligi 

dle 10.2
4-01-2015, 23:25
1485 ko'rildi
  
, . .