Реклама
» Maktab haqida

Maktab Jizzaxdagi eng to`ng`ich bilim maskanlaridan birihisoblanadi. Bu ziyo maskani 1886 – yilda o`zbek rus – tuzem maktabi shaklida o`z faoliyatini boshlagan edi. Maktabning o`quvchilar soni dastlab u darajada ko`p emas edi. Maktab o`qituvchilarning samarali mehnati tufayli mahalliy aholi o`rtasida maktab mavqe ancha ko`tarildi va o`quvchilar soni ham yil sayin oshib bordi. 1895 – yilning mayida maktabda e’tibor yanada kuchaydi. Maktabning remont va obodonlashtirish ishlariga ham yuksak e’tibor bilan yondoshildi va bu o`z samarasini berdi.

Maktabning e’tiborli dargohga aylanib, el hurmatiga sazovor bo`lishiga maktabda faoliyat ko`rsatayotgan va rahbarlik qilayotgan pedagoglarning zahmatli mehnati sabab bo`ldi. Bu yillari maktab V.I.Lenin nomi bilan yuritilgan. Maktabda ko’p yillar direktorlik qilgan Mamatqul Hazratqulov  muassasa ishining olg`a siljishida o`z hissasini qo`shgan. Shuningdek, Sharof Rashidov, Sodiq Saidov, Ikrom Karimov, Klara Davidova, Ortig`oy Ochilova, Tirkash Qo`ysinboyev kabi ta’lim fidoyilari maktabda yoshlarga ta’lim tarbiya berdilar.

Atoqli davlat arboblari, yozuvchilar Nazir Safarov, Oqiljon Husanov, O`ktam Oripovlar mehnat qilishgan.

1984 yilda maktab Oqqorgonlik mahallasidan Hamzaobod mahallasiga ko`chirildi. Maktab jamoasi yangi maktabda o`z faoliyatini davom ettirdi. Jamoa tarkibi yangi pedagog xodimlar bilan boyidi. Bu yillari maktabga G`ani Xolmatov rahbarlik qildi.


Maktab 2007 yil kapital rekonstruksiya qilingan.  


2005 – 2011 yilgacha maktabga "Xalq maorifi a’lochisi” Farida Qobilova rahbarlik qildi.

    

2011 – 2014 yil sentabrgacha maktabga "El – yurt hurmati” ordeni sohibi, "Xalq maorifi a’lochisi" Solijon Qobilov rahbarlik qildi.


Ayni kunda "Xalq ta’limi a’lochisi” Jasur Mamatqulovich Begmuradov maktabga rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Maktabda 757 nafar o`quvchi bo`lib, shulardan 397 nafarini qizlar, 360 nafarini o`g`il bolalar tashkil qiladi.


Maktabda 60 nafar pedagog xodim bo`lib, shunlardan oliy toifali  2 nafar, 1 toifali 17 nafar, 2 toifali 16 nafar, mutaxassis 27 nafar tashkil etadi.