» » Ta'lim texnologiyalari

Ta'lim texnologiyalari

Ta'lim texnologiyalari

 

Kelishuvlar

Kelishuvlar - siz mashg'ulot o'tkazilayotgan gurah bilan butun tadbir jarayonida-amal qilishga kelishib olgan qoidalar.Guruh ularni o'zi belgilashi kerak. Buning uchun aqliy hujum o'tkaziladi, biroq tilaklardan farqli o'laroq, barcha ishtirokchilar qoidalarni ma'qul deb topishlari lozim. Barcha kelishuvlar yozib olinganidan so'ng, ishtirokchilar ularni imzolashlari kerak. Kelishuvlar o'qituvchiga o'quvchilarning guruhdagi xulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatini beradi, u o'rni bilan o'zlari ishlab chiqqan va amal qilishga rozi bo'lgan qoidalar borligini eslatib turadi.

Aqliy hujum

Ma'lum reja asosida o'tkaziladigan muhokama jarayonida muammoning yechimini guruh bo'lib topish usuli.Bu usul qisqa vaqt ichida qo'yilgan muammoni hal qilishning ko'plab yo'llari va usullarini yig'ish imkonini beradi. Muammo o'rtaga tashlanganidan so'ng, barcha ishtirokchilarga ushbu muammo bilan bog'liq fikr, jumla yoki so'zlarni aytish taklif qilinadi. Barcha gaplar qanday aytilgan bo'lsa, shundayligicha izoh va tuzatishlarsiz doskaga yoki vatmanga yozib olinadi.

Aqliy hujum qoidalari:

- barcha ishtirok etadi, barchaga fikrini bildirish imkoniyati yaratilishi lozim;

- har qanday g'oya, fikr qabul qilinadi;

- izohianmaydi va tanqidiy mulohaza bildirilmaydi;

- vaqt chegaralariga amal qilinadi.

Kichik guruhlarda ishlash

Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi.Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.

Dars o'tish jarayonida katta gurah bir necha kichik guruhlarga bo'linadi, har bir guruhda to'rt-besh o'quvchi bo'ladi, ular ko'tarilgan muammoni muhokama qiladilar, yechimini taklif qiladilar. Ushbu metod har bir o'quvchiga faol ishtirok etish, o'zining shaxsiy ish maromini tanlash imkoniyatini yaratadi. Har bir ishtirokchi o'z fikri bilan barchaga yordatn beradi. O'z qarashlarini bildirish orqali ular o'z imkoniyatlarini his qiladilar, ularga ishonchlari ortadi.

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari:

- guruhlarga bo'layotganda o'yin usullaridan (meva, gul turlari va h.k.) foydalaning;

-har bir guruh oldiga aniq vazifa qo'ying, uni o'quvchilar uchun tushunarli bo'lgan shaklda yetkazing;

- guruh ichidagi kichik guruhlar vazifa oladi, keyin hamma baravariga uni bajarishga kirishadi;

- vazifa bajarilgach, muammo katta guruhda muhokama qilinadi, buning uchun har bir kichik guruh vakili barcha ishtirokchilarni o'z guruhi fikri va ish natijalari bilan tanishtiradi;

- o'qituvchi ekspert vazifasini bajaradi, yakun yasaydi va zarurat tug'ilsa, guruhlar taqdimotiga odob bilan, izzat-nafsiga tegmaydigan qilib qo'shimcha kiritadi.

O'yla - mulohaza qil - o'rtoqlash - qiyosla metodi

Bu metod qatnashchilarga o'z ma'lumotlari bilan o'rtoqlashish, hamma qatnashchilaming nuqtayi nazarini hisobga olish, guruhning barcha g'oyalarini jamlashda yordam beradi.

Mashq 4 bosqichdan iborat:

1) 3-5 daqiqa ichida har bir ishtirokchi tanlagan mavzu yoki muammosi yuzasidan alohida mulohaza yuritib, fikrlarini (yoki qo'yilgan savollarga javoblarni) yozadi;

2) keyingi 5 daqiqada o'quvchilar ikki kishidan bo'lib, o'zaro fikr almashadilar va shaxsiy ro'yxatlarini to'ldiradilar;

3) keyingi bosqichda 4-6 kishilik guruhlarda fikr almashinadi;

4) yakunlovchi bosqichda barcha fikr va g'oyalar jamlanadi, javoblar qiyoslanadi.Har bir guruh navbat bilan biror g'oyani ilgari suradi. Mashqni o'tkazayotganda quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

- ajratilgan vaqt chegarasidan chiqmaslik;

- boshqalarning fikrini takrorlamaslik;

- aytilgan fikr va mulohazalarni muhokama qilmasdan va baho bermasdan qabul qilish.

-Yumaloqlangan qor

Mashq mavzusi beriladi. Oldin hamma mavzu ustida alohida mushohada yuritadi va fikrlarini yozib qo'yadi. Keyin o'quvchilar 2 kishilik guruhlarga birlashadilar va varaqqa o'z fikrlarini yozadilar, agar fikrlar takrorlansa, faqat bittasi yoziladi. 2 kishilik guruhlar 4 kishidan iborat guruhlarga va h.k. birlashishda davom etadi. Guruhdagi qatnashchilar soni 8 tadan oshmasligi kerak. Guruhlarni turli yo'llar bilan birlashtirish mumkin. Nihoyat, so'nggi guruh (8 kishilik) har bir ishlab chiqilgan g'oyani alohida qog'oz varag'iga yozadi va doskaga yopishtirib taqdimot o'tkazadi.

Kartochkalar

Ushbu mashqning o'tkazilish tartibi quyidagicha:

- kartochkalar (varaqlar) tarqatiladi;

- ma'lum mavzu bo'yicha savollar beriladi;

- har kim alohida kartochaga javobini yozadi;

- 2-3 kishi bo'lib guruhlarga birlashiladi;

- umumiy kartochkaga guruhning fikiini ifodalovchi javob yoziladi;

- guruhlar ikkitadan bo'lib bir guruhga birlashadilar,, jarayon davom etadi.

Oxirida barcha bitta umumiy (agar umumiy qarorga kelishning mutlaqo iloji bo'lmasa bir necha) javobni tayyorlaydi.

Rolli o'yinlar

Bu mashqlarda o'quvchilar o'zlarini boshqa birov deb tasavvur qilishlari lozim.Mazkur metod ijodiy faollik, taffakkur, tasavvurni ishga solish, ko'pchilik oldida so'zga chiqish ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ishtirokchilaming muammoga munosabatini bildirish imkoniyatini yaratadi.

Buzuq telefon

Maqsadi: axborotni berishda yo'l qo'yilgan xatoni topish.Axborotni mantiqiy anglash.

Kirish. Ushbu topshiriqni bajarishda 6 kishi qatnashadi. 5 kishi xona tashqarisida kutib turadi, bir kishi xonada qoladi. Xonada qolgan kishiga og'zaki topshiriq beriladi.

U imkon qadar topshiriqni eslab qolishga harakat qiladi va yodida qolganlarini tashqarida turgan kishiga aytadi. Ikkinchi ishtirokchi axborotni uchinchisiga aytadi va h.k. Axborot qanday og'izdan-og'izga o'tishi kuzatiladi va muhokama qilinadi.

Masalan, xonadagi ishtirokchiga shunday topshiriq beriladi: Siz maktab direktori muovinisiz. Direktorimiz Sobir Komilov Sizni uzoq kutdi va bazaga yapon apparaturasini rasmiylashtirish uchun ketayotganini aytdi. U yerdan Xalq ta'limi tuman bo'limiga o'tishini aytdi. Agar Sobir Komilov 12.00 gacha qaytib kelmasa, 8-V sinfning o'zlashtirilishi muhokama qilinadigan o'qituvchilar majlisini o'zingiz o'tkazar ekansiz. Keyin maktabimizga Polshadan kelayotgan delegatsiyani kutib olish uchun aeroportga 1 ta Neksiya va 1 ta Damas mashinasini yuborish zarur. Scat 17.00 da ta'minot bo'limiga go'sht kelar ekan. Hamma o'qituvchilarga 2 kg dan tarqatish, direktornikini esa sovutgichga solib qo'yish kerak.

Ushbu xabami ishtirokchilarning hammasi navbatma-navbat bir-birlaridan eshitadilar.

Topshiriqning nihoyasida axborotning mazmuni buzilganligi ma'lum bo'ladi. Axborot bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tganida mazmuni buziladi va bu g'iybat, mish-mishlarga sabab bo'ladi.

Axborot uzatilayotganda xatolarga yo'l qo'ymaslik uchun uni diqqat bilan va faol o'zlashtirishga qaratilgan mashqlar o'tkaziladi.

Bunda uch kishidan iborat guruhlar ishtirok etadi; guruhlar axborot beruvchi, tinglovchi va kuzatuvchi vazifalarini bajaradilar,

Birinchi ishtirokchi o'z hayotida ro'y bergan biror hodisani gapirib beradi. Tinglovchi uni eslab qoladi va qayta so'zlaydi. Kuzatuvchi tinglovchining xatolarini topadi.

Topshiriqni bajarish jarayonida ishtirokchilar verballashuv, ya'ni axborotni faol qabul qilish metodini o'zlashtiradilar.

Menga sendagi... yoqadi o'yini

O'quvchilar davra qurib o'tiradilar. Bir-birlariga menga sendagi... yoqadi so'zlarini aytib koptok irg'itadilar; bunda koptok yo'llangan kishining biror ijobiy xislati nomlanishi kerak.

O'yin shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, o'quvchining o'ziga bergan bahosini oshirishga mo'ljallangan.

Ot o'yin

8-10 kishi ikkita - tashqi va ichki doira hosil qilib, qarama-qarshi o'tiradilar.Tashqi doirada o'tirgan kishi ichki doiradagi sherigiga biror mavzu bo'yicha (OITS, JYBYK va h.k.) axborot beradi. So'ng barcha o'rnini almashtiradi va endi ichki doiradagilar axborot beruvchilar bo'lib qoladilar.

O'qituvchi quyidagiga o'xshash savolni berishi mumkin:

- Axborotni aniq ifodalash va boshqaga to'g'ri yetakazish oson ekanmi?

- Agar har xil davralarga tushib qolsangiz, o'zingizni qanday his qilgan bo'lar edingiz?

O'yin o'z oldiga shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadini qo'yadi. Tinglash, axborotni qisqa va aniq ifodalay olish qobiliyatini shakllantiradi.

Guruhdagi bahs

Bahsli masala yuzasidan turli nuqtayi nazarlarni aniqlash va barcha ishtirokchilar o'z xulosalarini chiqarishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida o'tkaziladi. Bunga jo'shqin, hissiyotlarga boy aql-idrok bellashuvi muhiti yordam beradi.

Katta guruhda bir muammo yoki mavzu muhokama qilinadi. Mavzuni oldindan rejalashtirgan ma'qul. Maxsus savollar tuzish kerak, bu ishtirokchilarni o'z fikr-qarashlarini ifodalashga rag'batlantiradi. Bahsda ishtirokchilar o'z qarashlari himoyasi uchun istalgan qarshi asos, dalil keltirishlari mumkin. Guruh bo'lib bahslashish chuqur taassurotlarni qo'zg'aydi, yodga soladi, ishtirokchilarni boshqa sharoitda ifodalay olmaydigan fikrlarini aytishga undaydi. Ba'zan qarashlar mos kelmasligi mumkinligini unutmaslik va tomonlar o'rtasida janjal chiqishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Sinkveyn metodi

O'yin nomi fransuzcha cinq so'zidan olingan bo'lib, besh degan ma'noni anglatadi.Biror so'zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur. O'quvchilarga mavzuning kalit so'zlari beriladi (masalan, do'stlik, o'zaro aloqalar, sevgi va h.k.). Har bir o'quvchi alohida qog'oz varag'iga ushbu so'zning xususiyatlarini yozadi, ular ot ham, fe'l ham, sifat ham bo'lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin.

Masalan, sevgi so'zi.

1. Sevgi - ot.

2. Suymoq - fe'l.

3. Vafodor - sifat.

4. Insonni ruhlantiradi - ijobiy jihati.

5. Iztirob chekishga majbur qiladi - salbiy jihati.

Sehrli quticha

O'quvchilarning bilim doiralarini kengaytirishda ushbu metoddan foydalanish samarali natijalar beradi, chunki o'quvchi mavzu yuzasidan istagan, hatto o'qituvchi tilga olmagan masalalarga oid savollar berishi mumkin.

O'quvchilar anonim (muallifini ko'rsatmagan) ravishda savol yozadilar va ularni maxsus qutichaga tashlaydilar. Savollarga o'qituvchi yoki o'quvchi (agar o'qituvchi o'quvchining bilimini baholamoqchi bo'lsa) javob berishi mumkin.

Hayotiy vaziyatlar o'yini

Muhokama qilinayotgan muammoga oid aniq vaziyatlar darsda olingan bilimlardan foydalangan holda ko'rib chiqiladi.Odatda, ularsahna shaklida namoyish etiladi.

Ushbu metodning fcuchli tomonlari quyidagilardan iborat:

barchaqatnashchilarning jalbetilishi, bilimlaming amaliyotda qo'llanilishi va o'sha: zahotiydq tekshirilishi, amaliyotga yo'naltirilganligi.

Mashg'ulotlarda qo'llanadigan harakatli o'yinlar

Charchoqni olish uchun mashqlar orasida o'quvchilarning jismoniy faolligini ishga soluvchi o'yinlar bilan oyoq-qo'lning chigilini yozib turish kerak.Bunday o'yinlar bir maromdagi jarayonlarga xilma-xillik, jo'shqinlik baxsh etadi. O'yinlardan maqsad - texnikani o'zgartirish, bosim o'tirib ishlashdan dam olish, organizmga yengillik berish, do'stona vaziyatni vujudga keltirish, guruhning birdamligini ta'minlashga yordam berishdir. Bunda o'zaro xayrixohlik va ixtiyoriylik tamoyiliariga amal qilinadi.

Botqoq

O'yin uchun oldindan 9 ta likopcha tayyorlanadi.Ishtirokchilar ikki jamoaga bo'linadi:

1- timsohlar;

2- botqoq bosqinchilari.

1- jamoa ishtirokchilari ketma-ket saf tortadilar va likopchalarni bosib tasavvurdagi botqoqdan o'ta boshlaydilar, ularning atrofida ikkinchi jamoa vakillari ov qilib yuradilar.

O'yinning maqsadi: o'quvchilar oyoqlarini likopchalardan uzmasliklari kerak, hech bo'lmasa, oyoqning uchi ularga tegib turishi lozim. Agar ishtirokchilar birlashib harakat qilsalar, birorta ham likopchani timsohlarga bermasdan botqoqdan o'tishlari mumkin.

O'yin o'quvchilarning darsdagi ishtirokini kuchaytirish uchun o'tkaziladi.

Avtobus o'yini

O'quvchilar ikki gurahga bo'linadilar. Sinf yetakchisi ularning ikkita avtobusga chiqishlari kerak ekanligini aytadi. Avtobus o'rindig'i sifatida kursilardan foydalanish murnkin. O'quvchilar bir-birlariga qararna-qarshi o'tiradilar, Ishtirokchilar joylashib bo'lgach, yetakchi birinchi avtobus buzilib qolganini aytib, hammaning ikkinchi avtobusga o'tishini so'raydi. Ishtirokchilar 1- guruh o'quvchilarini joylashtirish uchun kelishuv yo'lini topadilar.

O'yin ishtirokchilarda muomala madaniyati va ziddiyatli vaziyatlarni ijobiy hal qilish ko'nikmalarini riyojlantirishga xizmat qiladi.

Bu-kim? Toping-chi!

Har bir o'quvchi guruhning biror a'zosi xarakterining 10 ta xususiyatini ta'riflaydi, bunda uning nomini aytmaydi.Tavsif o'qilgach. boshqa ishtirokchilar gap kim haqida ketayotganligini topishlari kerak.

Agar guruh o'sha odamni tez topsa, bu tavsiflarning aniqligini bildiradi va ta'riflagan o'quvchini rag'batlantirish maqsadga muvofiqdir.

Yelkama-yelka

O'quvchilar ohista doira ichida yuradilar.Yetakchi tana a'zolarining nomlarini aytadi. Masalan, yetakchi tez yelka deydi, o'quvchilar zudlik bilan o'zlariga juft topishlari va yelkalarini bir-birlariga tekkizishlari kerak. O'ziga juft topa olmagan o'quvchi keyingi yetakchi bo'ladi va tananing boshqa a'zolari (oyoq, qo'l, chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i va h.k.) nomini aytib o'yinni davom ettiradi.

Qayoqqaqayoqqa

Har bir o'quvchi o'zining eslab qolishi lozim bo'lgan tartib raqamini oladi.Guruh aralashadi. Yetakchi sinf o'rtasiga chiqib, xohlagan ikkita raqamini aytadi. Ushbu raqamli ishtirokchilar o'zlariga mo'ljallangan joyni egallashlari lozim. Yetakchi ham bo'sh joyni olishga harakat qiladi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi.

Yomg`ir

O'quvchilar doira hosil qiladi. Doira o'rtasida turgan yetakchi o'yinni boshqaradi. Yetakchi ishtirokchilarga qarata shunday deydi: Hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, buning uchun mening harakatlarimni qaytarishingiz kerak. So'ng ohista davrani aylanib chiqadi. Yetakchi oldiga borgan o'quvchi uning harakatlarini takrorlaydi va u ikkinchi marta yaqin kelmagunga qadar harakatni to'xtatmaydi.Yetakchi davrani bir necha marta aylanib chiqadi va har gal turli harakatlar qiladi.

Yetakchining harakatlari:

- qo'llarini bir-biriga ishqalaydi,

- barmoqlarini qirsillatadi;

- qo'li bilan o'zining sonlariga uradi,

- sonlariga urib, oyog'i bilan tepinadi,

- yana sonlariga urib qo'yadi,

- yettinchi doirada faqat barmoqlarini qirsillatadi,

- qo'llarini bir-biriga ishqalaydi.

So'ng yetakchi to'xtab, qo'lini pastga tushiradi hamda yomg'ir tingani va yana quyosh chiqqanini aytadi.

Mevali salat

Yetakchidan boshqa hamma kursilarda o'tiradi. Yetakchi uch ishtirokchidan qaysi mevalarni yaxshi ko'rishlarini so'rab bilib oladi va har bir o'quvchiga shu mevalarning nomini beradi. Har bir meva uchta kishini bildirishi kerak. Keyin yetakchi ushbu mevalardan birining nomini aytadi, shu nom ostidagilar joylarini almashtiradilar. Joy yetmagan odam o'yinni davom ettiradi. Agar yetakchi Mevali salat desa, hamma o'z joyini o'zgartirishi kerak.

O'yin o'quvchilar o'rtasidagi to'siqlarni olib tashlashga, ularni birlashtirishga xizmat qiladi.

 

dle 10.2
13-05-2015, 15:24
2168 ko'rildi
  

Hikmatli so'zlar7-05-2015, 16:30

 Bilim qaytarish va takrorlash

TANLOVDA ASOSAN YOSH PEDAGOGLAR ISHTIROK ETDI11-04-2015, 18:51

Pedagogning bilim, mahorat va tajribasi

TIBBIY XIZMAT NAMUNALI YOLGA QOYILADI11-04-2015, 18:49

Xorazmda bolib otadigan Umid nihollari-2015

Tort yillik tajriba va yangi takliflar4-01-2015, 23:25

       Bilimlar
, . .