Ozbekiston Respublikasi Vazirlar MaHkamasining

Qarori

 

OZBEKISTON RESPUBLIKASI TALIM MUASSASALARIDA MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOGRISIDA

 

(Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toplami,

2012 y., 21 son, 229-modda)

 

Talim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni taminlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Ozbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi togrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, Oliy va orta maxsus talim vazirligi hamda Orta maxsus, kasb-hunar talimi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat talim muassasalari bilan birgalikda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomtalablarining izchil bajarilishini;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar ortasida keng tushuntirilishini taminlasinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2012 yil 21 may,

139 son