» Talim muassasasida mobil telefondan qanday foydalaniladi?

 

Bu haqda Xalq talimi vazirligining Talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora tadbirlari tog`risidagi buyruqdan bilib olishingiz mumkin. Talim tarbiya jarayoni samaradorligini yanada optirish, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, bu borada Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139 sonli qarorining ijrosini taminlash maqsadida qabul qilingan mazkur buyruqda yuqorida keltirilgan qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi togrisida Nizom ijro uchun qabul qilindi.


Shuningdek, talim muassasalarining amaldagi ichki tartib qoidalarini Ozbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to`g`risida Nizomning talablari asosida takomillashtirish, bu borada hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, ilg`or ish tajribalarini ommalashtirish va joylarga uslubiy yordam korsatish, Nizomning maqsad va vazifalarini oquvchi yoshlar va ularning ota onalari ortasida keng targ`ib qilish vazifalari mutasaddi rahbarlarga yuklandi.


OZBEKISTON RESPUBLIKASI TALIM MUASSASALARIDA MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANIShNI TARTIBGA SOLISh CHORA-TADBIRLARI TOGRISIDA VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI