Реклама
» Yo'l harakati qoidalari

Yo'l harakati qoidalariga rioya qilinishini "Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati"ning "Yo'l-patrul xizmati" (YPX) xodimlari nazorat etib boradilar.

 

 

"Yo'l-patrul xizmati" xodimining qo'lida jezl bo'ladi. Mana, u jezlni yuqori ko'tardi, so'ngra yon tomonga ishora qilib, pastga tushirdi... Va go'yoki sehrli tayoqchaning amri bo'yicha, ba'zi mashinalar to'xtadilar, boshqalari esa joylaridan qo'zg'aldilar. YPX xodimi jezl yordamida kimning to'xtashi, kimning esa yurishi kerakligini ko'rsatib, yo'llardagi harakatni boshqarib turadi.

Yo'ldagi harakat kechasi ham to'xtamaydi. Haydovchilar qorong'uda ham YPX xodimi va uning ishoralarini ko'rishlari uchun jezlda maxsus chiroq o'rnatilgan: nazoratchi jezldagi tugmani bosishi bilan u qizil chiroq bo'lib yonadi.

Qorong'uda nazoratchining oq kamari va kurtkasidagi oq yo'1-yo'l chiziqlar ham yarqirab turadi.

Nazoratchi boshqa avtonazoratchilar va YPX xodimi mashinalari bilan aloqa qilib turishi hamda yo'ldagi barcha voqea-hodisalar to'g'risida xabar berishi uchun uning radio-aloqa vositasi bor.

Ko'chalardan odamlar do'konlarga, stadionlarga, ishga, is-tirohat bog'lariga sayr qilish uchun borishmoqda. Ularning hammalari yurish uchun mo'ljallangan joydan yuradilar,

Esingizda tuting: piyodalar faqat belgilangan yo'lkalarning o'ng tomonidan yurishlari kerak!

 

 

Shahar tashqarisida piyodalar uchun alohida yo'lka yo'q.

Bu yerda piyodalar yo'lning bar ikki tomonida joylashgan chetki qismdan yurishlari kerak.

Shahar tashqarisidagi yo'lning cheti bo'ylab transportga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanishi kerak: bunda yo'lovchi mashinaning yaqinlashayotganini ko'rganda, unga yo'l berib, o'zini chetga oladi.

 

Ko'chalarning kesishgan joyi chorraha deyiladi.

Chorrahada, ayniqsa, hushyor va ehtiyotkor bo'lish kerak. Chorrahada har tomondan mashina, avtobus, trolleybuslar g'izillab o'tib turadi. Chorrahada transport va piyodalar hara-katini tartibga soluvchi YPX xodimining turishi bejiz emas.

Chorrahadan faqat piyodalar o'tadigan yo'l-yo'l (zebra) chiziqli maxsus joy dan o'tish kerak.

Mana bu - svetofor. U bizga qizil chiroq yonsa, -"To'xtangl", sariq - "Diqqat! Hozir ko'chadan o'tishga ruxsat beraman!", yashil chiroq yonganda, - 'Turing! Yo'l ochiq!" deb ishora qiladi.

 

 

Qizil - "TO'XTA!"

Sariq - "KUTIB TUR!"

Yashil - "YUR!"

 

 


Bunday piyodalar svetofori 

o'rnatilgan joylarda faqat

yashil chiroq yonganda

harakatlanish kerak.

 

 

 

Svetoforning ishorasi ko'cha harakatini boshqarib turgan YPX xodimining ishorasiga mos keladi.

 "TO'XTA!"               "KUTIB TUR!"                   "YUR!"